Prezident qarorlarining joylardagi ijrosi o‘rganildi
27.07.2023 - 17:41O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Ikrom Izzatovich Giyasov Bulung‘ur tumanida bo‘ldi. Tashrifdan maqsad davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar, xususan PQ-408 sonli Qarorning joylardagi ijrosi ahvoli bilan yaqindan tanishish bo‘lib, tuman hokimi S.Astonov, tuman prokurori S.Saidov, tuman xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatov hamrohligida bir qancha manzillar ko‘zdan kechirildi.