Prezident qarorlarining joylardagi ijrosi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Ikrom Izzatovich Giyasov Bulung‘ur tumanida bo‘ldi. Tashrifdan maqsad davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar, xususan PQ-408 sonli Qarorning joylardagi ijrosi ahvoli bilan yaqindan tanishish bo‘lib, tuman hokimi S.Astonov, tuman prokurori S.Saidov, tuman xalq qabulxonasi mudiri Sh.Narmatov hamrohligida bir qancha manzillar ko‘zdan kechirildi.

 

Xususan, Bulung‘ur mahallasi hududida to‘planuvchi oqova suvlarni nasos yordamida tuman markazidan oqib o‘tgan “Katta ariq” dyukeriga chiqarish ob’ekti, Yangiqo‘rg‘on, Navbahor mahallari uchun qurilgan yangi ma’muriy binolar ko‘zdan kechirildi. Navbahor mahallasi hududida yo‘lga qo‘yilgan tadbirkorlik faoliyati bilan tanishildi, tadbirkorlar bilan suhbatda bo‘linib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek, mas’ullar Yangiariq mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda bo‘lishib, aholining turmush tarzi ko‘zdan kechirildi, fuqarolar bilan yaqindan suhbatda bo‘lishib, ularning muammolari bilan qiziqdilar. Bundan tashqari, tumanning Fozil Yo‘ldosh mahallasida olib borilgan obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi, Mingtepa mahallasidagi islohotlar bilan yaqindan tanishildi. Administratsiya mas’ul xodimi yo‘l-yo‘lakay PQ-408 sonli Qaror asosida asfalt qoplamasi yotqizilgan yo‘llar, ishlarning sifati bilan tanishdi.

 

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar, mavjud muammolar joyida tahlil qilinib, yakuniga yetmagan ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash choralari muhokama qilindi hamda kelgusi vazifalar belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM