Madaniyat sohasi rivoji e’tibor markazida

Bugungi kunda Bulung‘ur tumanida 5 ta madaniyat markazlari va 2 ta bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyat yuritib kelmoqda. Tuman hokimi S.Astonov joylarda bo‘lib, madaniyat markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar natijadorligi bilan qiziqdi.

 

Xususan, hokim 15-sonli Nurli yo‘l madaniyat markazida bo‘ldi. 1964-yilda qurilgan bino 3 ta xona va 1 ta tomosha zalidan iborat bo‘lib, binoni zamon talablari asosida ta’mirlash hamda xodimlar, to‘garak a’zolari va aholi uchun qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, tuman hokimi 13-sonli Mingchinor madaniyat markazidagi ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ayni vaqtda markaz tuman hokimligi tashabbusi bilan yangidan qurilmoqda. Binoning tom qismi yopilgan, eshik va romlar o‘rnatilgan. Hozirda xonalarni ta’mirlash va jihozlash, bino atrofini obodonlashtirish ishlari yakuniga yetmagan. O‘rganish davomida markaz qurilishi ishlarini jadallashtirish va qisqa vaqtda, sifatli qilib yakuniga yetkazish choralari belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM