“Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi

Bulung‘ur tumani hokimligi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda Majburiy ijro byurosi tuman bo’limi hamkorligida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi.

Tumandagi Kildon kasb-hunarga o‘qitish markazida o‘tkazilgan yarmarkada ishga joylashishga muhtoj ayollar, yoshlar, kasb-hunarga o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar hamda doimiy daromad manbayi bo’lmagan aliment to’lovchi fuqarolar ishtirok etishdi.

Yarmarkada tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan 8 ta korxona va tashkilotlar, Kildon kasb-hunarga o‘qitish markazi, 8 ta mahallalarda tashkil qilingan tikuvchilik yo‘nalishidagi maskanlar, Samarqand shahridagi “Daka intex” MCHJ Bulung‘ur tuman fliali va “Maroqand sfat” МСНJlari jami 110 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashib, yarmarka ishtirokchilariga o‘zlarining ish faoliyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Yarmarka davomida 10 nafar fuqarolarga tumandagi korxonalarga ishga joylashish uchun hamda 5 nafar fuqarolarga kasb-hunar maktablariga o’qishlari  uchun yo‘llanmalar berildi.

Tadbirda qatnashchilarining 40 nafariga O‘zbekiston Respublikasining «Аholi bandli to‘g‘risida»gi Qonuni mohiyati va mehnat qonunchiligi to‘g‘risida tegishli maslahatlar berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM