Yoshlar bilan ishlash borasidagi dolzarb vazifalar ahvoli muhokama markazida bo‘ldi
24.03.2022 - 20:32Joriy yil 19-yanvar sanasidan Bulung‘ur tumanidagi 55 ta mahallada yoshlar yetakchilari faoliyat boshladi. Ular oldiga yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi aniq vazifalar qo‘yilgan.