“Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar ahvoli joyiga chiqib o‘rganildi

Yurtimizga bahor mavsumi kirib kelishi bilan Bulung‘ur tumanida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar boshlab yuborildi. Joylarda mevali hamda manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini o‘tqazish ishlari davom etmoqda.

 

Tuman yashilligini oshirishda foydalanish maqsadida tumanning Mingchinor mahallasi hududida foydalanilmasdan turgan 1.35 ga yer maydoni ajratilib, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘chatchilik markazi tashkil etilgan. Hududga atirgul, uzum, gilos, archa, anjir, terakning turli navlaridan jami 49 ming 300 tup mevali va manzarali daraxt qalamchalari ekilgan. Hudud atrofi ihota devor bilan o‘rlalib, markaz uchun mas’ul xodimlar biriktirilgan.

Tuman hokimi Samandar Astonov bugun mazkur ko‘chatchilik markazida bo‘lib, ko‘chat yetishtirish borasidagi ishlarning ahvoli bilan yaqindan tanishdi. Ko‘chat yetishtirishda markazdagi har qarich yerdan unumli foydalanish hisobiga ko‘chatlar sonini yanada oshirish lozimligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, hokim tumanning Mingchinor mahallasi hududida yaratilishi belgilangan yashil hududda olib borilayotgan ishlar ahvoli bilan yaqindan tanishdi. Mas’ullar, hududga biriktirilgan tadbirkor bilan suhbatda bo‘lib, zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumot uchun, bu yerda hududdagi foydalanilmasdan turgan 2,5 ga yer maydoni ajratilgan bo‘lib, 1 ming 560 tup ko‘chatlar ekilishi belgilangan. Hozirda bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM