164 nafar yurtdoshlarimizga 657,4 mln. so‘mlik “qarmoq” berildi

Yurtimizga kirib kelgan yangilanish timsoli – bahor fasli hamda sharqona yangi yil - Navro‘z bayrami insonlar qalbini o‘zgacha iliqlikka chulg‘aydi. Ushbu shodiyona kunlarda barcha bir-biriga yaxshilik tilaydi, mehr ulashadi. Bulung‘ur tuman hokimligida o‘tkazilgan tadbir ham ko‘ngillarga quvonch ulashgan bo‘lsa ne ajab...

 

Bugun tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda “Temir daftar” turgan 164 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 657,4 mln. so‘mlik “qarmoq” berildi.

Jumladan:

- 44 dona tikuv mashinalari

- 64 dona motokultivatorlar

- 3 dona pishiriq pechlari

-12 dona payvandlash uskunalari

- 4 dona avtoyuvish uskunalari

- 2 dona motopila uskunalari

 - 29 dona inkubator uskunasi

- 6 dona boshqa turdagi asbob-uskunalar o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va o‘zini-o‘zi band qilish istagida bo‘lgan 164 nafar yurtdoshlarimizga topshirildi.

Natijada 164 nafar yurtdoshlarimizning doimiy daromad manbayiga ega bo‘lishlari hamda xonadoniga fayz-baraka kirib borishiga zamin yaratildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Samandar Astonov barchani bayram munosabati bilan tabriklar ekan, mazkur e’tiborning barchasi yurtboshimiz boshchiligida “Inson qadri uchun” shiori ostida olib borilayotgan xalqparvar siyosatning natijasi ekanligini, mazkur imkoniyatlardan unumli foydalanish esa har bir yurtdoshimizning o‘ziga bog‘liqligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Shundan so‘ng tuman hokimi sektor rahbarlari, jamoat faollari hamrohligida asbob-uskuna olayotgan 164 nafar yurtdoshlarimizning barchasi bilan birma-bir suhbatda bo‘lib, ularning kelgusi re’jalari bilan qiziqdilar.

 

Ko‘rsatilayotgan e’tibor, berilayotgan imkoniyatlardan minnaddor yurtdoshlarimiz vatanimiz tinchligi va ravnaqini so‘rab, beixtiyor duoga qo‘l ochdilar.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM