ATB “Agrobank” Bulung’ur filialida qonunlar targ’ibot qilindi

Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi N.Tursunova O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 2 fevraldagi “Intellektual mulk ob’ektlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi ORQ-749-sonli qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan ATBAgrobankBulungur filiali binosida tadbir otkazdi.

Tadbirda xodimlari va fuqarolar ishtirok etishdi.

Kiritilgan o’zgartishlarga ko’ra, endilikda barcha shaxslar oʻz nomiga tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin.

Ushbu qonun bilan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, Sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani toʻlash tartibi belgilandi.

Shunga asosan, tegishli patentlangan sanoat mulki obyektini oʻz ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish kabi harakatlarni sodir etgan yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha jarima solinishi mumkin.

Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi boʻyicha alohida belgilanadi.

Jarima summasi miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan bir oy ichida ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini toʻlashdan ozod etiladi.

Qonun bilan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, barcha yuridik yoki jismoniy shaxs oʻz nomiga tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin (ilgari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan shaxslar).

Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani toʻlash tartibi belgilandi.

Shunga koʻra, tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada oʻxshash boʻlgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bundan tashqari, “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunda Firma nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani toʻlash tartibi mustahkamlandi.

"Advokatura toʻgʻrisida"gi Qonuniga kiritilgan oʻzgartirishlarga ko`ra advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini roʻyxatdan oʻtkazish endi davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilishini aytib o’tdi.

Shundan so’ng, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlarga xam toʻxtaldi.

Unga koʻra, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari

        -aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

        -davlat va jamiyatning barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni  amalga oshirish;

       -korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi  sabablar va shart-sharoitlarni  bartaraf etish;

       -korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlash kabi yoʻnalishlar ilgari surilayotganligini aytib oʻtdi.

Bundan tashqari sud raisi ishtirokchilar tomonidan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berdi.

 

N.E.Tursunova

Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM