Bulung‘urda tibbiyot sohasida qanday o‘zgarishlar bor: navbatdagi press-tur ishtirokchilari jarayonlar bilan bevosita tanishdilar
09.07.2021 - 15:02Joriy yil 9 iyul kuni Bulung‘ur tuman hokimligi tomonidan navbatdagi press-tur o‘tkazildi. Media-tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar Agentligi hamda Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga muvofiq, “Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida bo‘lib o‘tdi.