Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar!

Joriy yil 9 iyul kuni Bulung‘ur tumani hokimligi tomonidan navbatdagi press-tur tashkil etilmoqda.

 

Press-tur davomida Bulung‘ur tumanida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.

 

Shuningdek, media-tadbir so‘ngida tuman hokimi o‘rinbosari Azizbek Buriboyev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Unda jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan bevosita hokim o‘rinbosariga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

 

Bulung‘ur tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM