Bulung‘urda tibbiyot sohasida qanday o‘zgarishlar bor: navbatdagi press-tur ishtirokchilari jarayonlar bilan bevosita tanishdilar

Joriy yil 9 iyul kuni Bulung‘ur tuman hokimligi tomonidan navbatdagi press-tur o‘tkazildi. Media-tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar Agentligi hamda Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga muvofiq, “Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

 

Press-turda ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari vakillari dastlab tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, bu yerda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tibbiyot birlashmasiga keltirilgan yangi tibbiy jihozlar va aholiga yaratilayotgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, bu yerga viloyatdagi tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari ichida birinchilardan bo‘lib PSR labaratoriya tahlil jihozlari keltirilib, ushbu uskuna bilan ishlash uchun biriktirilgan tibbiy xodimlar maxsus malaka oshirish kurslarini tamomlab kelishganligi, endilikda koronavirus infeksiyasi analiz natijalari ham 2-3 soat ichida tumanning o‘zida aniqlanishi mumkinligi ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, mazkur uskuna yordamida bir kunda 200 tagacha analiz natijalarini aniqlash imkoniyati mavjud.

Shundan so‘ng, media tadbir ishtirokchilari tumanning 2 sektori hududida joylashgan 1 sonli oilaviy poliklinikada bo‘lishib, joylarda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatlari, jumlalan, koronavirus infeksiyasiga keng qamrovli emlanish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari vakillari tumanda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida xususiy sektor faoliyati bilan ham tanishtirildi. Xususan, press-tur ishtirokchilari tumandagi “Impuls” xususiy davolash muassasasida bo‘lishib, tibbiyot muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, bugungi kunda muassasada 25 nafar ish yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, stasionar davolanish uchun 50 o‘rin quvvatga ega. Klinika rahbari Kamol Umarovning ta’kidlashicha, klinika o‘z faoliyatini boshlaganligiga 6 oy bo‘lgan bo‘lsada, o‘tgan qisqa davr ichida turli murakkablikdagi 400 ga yaqin operasiyalar amalga oshirildi.

Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita soha rahbarlaridan javoblar olishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM