Bulung’urda aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishda xususiy sektorning o'rni qanday?

Bugungi kunda Bulung‘ur tumani aholisiga 7 ta yirik xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda. Bulardan “Projimed Bulung’ur” MChJ, “Stamotologiya” XIChTF, “Bulung‘ur shifo” MChJ, “GAMMA MED” MChJ, “Doctor AB” MChJ  muassasalarini misol qilish mumkin.

 

Mazkur muassasalarda ambulator davolash, statsionar davolash, fizioterapiya muolajalari, labaratoriya tekshirishi, UTT xizmati, gepatolog, terapevt, ginekolog, xirurg, pediatr, lor, urolog ko‘rigi, stomatologiya, nevropotolog, kardiologiya, endokripologiya, massaj, ochlik bilan davolash hamda ozonoterapiya xizmatlari orqali aholi kasalliklarini davolash yo‘lga qo‘yilgan. Shu maqsadda, tibbiyot muassasalariga xorijiy davlatlardan UTT, EKG, avtomatlashgan laboratoriya, fizioterapiya, narkoz, IVL apparatlari, kolposkopiya, rentgen apparati stomatologiya jihozlari, UZI, EXO, ozonterapiya, fizoterapiya apparatlari, EKT, kompyuter, massaj krovat, oftalmologiya, ginekologiya jihozlari keltirilgan. Mazkur tibbiyot muassasalarida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida jami 170 ta o‘ringa ega sotsionar davolash faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

 

Ushbu muassasalar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi natijasida 111 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Jumladan, ularda jami 35 nafar shifokorlar, 46 nafar o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari, 27 nafar texnik xodimlar faoliyat yuritishmoqda.

 

Misol uchun, tumandagi “Profimed Bulung’ur” xususiy tibbiyot muassasasini oladigan bo‘lsak, mazkur muassasada ambulator davolash, statsionar davolash, fizioterapiya muolajalari, labaratoriya tekshirishi, UZI xizmati, terapevt, ginekolog, nevropotolog, xirurg, pediatr, lor, urolog ko‘rigi xizmatlari orqali aholi sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yilgan. Shu maqsadda, tibbiyot muassasasiga xorijiy davlatlardan UTT, EXO, EKG, avtomatlashgan laboratoriya, fizioterapiya, ginekologiya jihozlari keltirilgan. Mazkur tibbiyot muassasasida 50 o‘ringa ega satsionar davolash faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan bo’lib, 25 ta yangi ish o’rni yaratilgan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM