Hokim Bulung’ur tumanidan yetishib chiqqan yirik tadbirkorlar, ko’zga ko’ringan siyosatchilar bilan uchrashdi
20.11.2022 - 18:57Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, Bulung’ur tumanida tug’ilib, voyaga yetgan, bugungi kunda yurtimizning turli manzillari, xususan Toshkent shaxri va Toshkent viloyati, viloytlarda yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan yoki tadbirkorlik bilan shug’ullanib kelayotgan yurtdoshlarimiz 500 nafardan ortiq kishini tashkil qiladi. Albatta, kindik qoni to’kilgan manzil barcha uchun qadrdon.