Sessiyada 1206 ta geografik obyektlar nomi tasdiqlandi

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi sakson to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Kengash raisi Samandar Astonov raisligida o‘tgan sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, kun tartbidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari va soha mas’ullari ishtirok etishdi.

 

Sessya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

          1). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan 3-chorak davomidagi amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Ibragimovning hisoboti.

         2). O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Bulung‘ur tumanidagi ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida.

       3). Bulung‘ur tumani Mahalliy budjetining “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida 2023-yil 2-mavsum jarayoni bo‘yicha g‘olib takliflarni tasdiqlash va moliyalashtirish to‘g‘risida.

         4) Tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.

         5) Tuman “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.

 

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Xususan, sessiya ishi doirasida Respublika ekspertizasi xulosasi bilan tasdiqlangan tumandagi 1206 ta (1 ta asosiy ko‘cha, 519 ta tor ko‘cha hamda 684 ta berk ko‘chalar) geografik obyektlarning nomlarini nomlash masalasi ko‘rilib, taklif etilayotgan loyiha tasdiqlandi.

 

Shuningdek, sessiya davomida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib eng ko‘p ovoz to‘plagan 6 ta taklif ma’qullanb, ularga mlrd. 459 mln. so‘m mablag‘ ajratish masalasi tasdiqlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM