Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sh.Ibragimovning tumanda ehtiyojmand fuqarolarga “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari ishlatilishi to‘g‘risidagi hisoboti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-73-son qarorining 8-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha“yo‘l xaritasi”ning 20-bandida ijrosini ta’minlash maqsadida, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamiga homiylar va xayriyalardan jami 2 milliard 102 million 177 ming so‘m mablag‘ tushgan bo‘lib, shundan:

  • sud hujjatlari ijrosi bo‘yicha 787 million 437 ming so‘m,
  • mahalliy budjetlar daromadining rejadan orttirib bajarilgan qisimdan 1 milliard 314 million 74 ming so‘mni tashkil qilgan edi.

 

Xalq deputatlar tuman kengashi qaroriga asosan “Temir daftari”dagi yordam ko‘rsatilgan oilalar mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalarning bandligini ta’minlash maqsadida jami 1 mlrd 576 mln 800 ming.so‘m miqdorda mablag‘lar ajratildi.

Jumladan, 54 nafariga 248 million so‘mlik asbob uskuna, 64 nafar fuqarolarga sog‘ligini tiklash uchun 522 million so‘m, 21 nafar nogironligi bor fuqarolarga 31 million so‘m,  115 million homiylik uchun hamda 100 ta oila uchun boshqa ehtiyojlari uchun 660 million 800 ming so‘mlik yordam va ko‘maklar ko‘rsatilgan.

 

Xususan, Niyozmat mahallasida yashovchi fuqaro E.M.M.ning 1996-yilda tug‘ilgan o‘g‘li Z.J.N.ning “Saraton” kasalligiga chalinganligi, ikki marotaba operatsiya bo‘lganligi, oilasi moddiy tomonlama ahvoli qiyinligini hamda besh marotaba davo muolajalari olishi uchun 10 mln.so‘m;

Nurli yo‘l mahallasida yashovchi fuqaro M.G.A. “Yurak shishish zo‘riqish stenokardiyasi” kasalligi bilan kasallanganligi, hozirgi kunda yurak jarrohligi o‘tkazilishga, oilaning moddiy yordamga muhtojligini hamda jarrohlik o‘tkazilishi uchun order berilishini inobatga olib, 15 mln.so‘m;

Erganakli mahallasida yashovchi fuqaro I.M.Q.ning 2018-yilda tug‘ilgan o‘g‘li Q.I.M.ning “Asab tizimi perental zararlanishi oqibati, nutqiy rivojlanishdan orqada qolish” kasalligiga chalinganligi, bir necha marotaba ambulator va statsionar tarzda davolanganligi, hozirgi kunda davolanishga hamda oilaning moddiy yordamga muhtojligini inobatga olib, 15 mln.so‘m;

Niyozmat mahallasida yashovchi fuqaro I.A.A. 2000-yil tug‘ilgan bo‘lib, 2016-yildan buyon “Bronxoektaz” kasalligi bo‘yicha bir necha bor davolanib kelayotganligi, ikkinchi guruh nogironi ekanligi, hozirgi kunda davolanishga hamda oilaning moddiy yordamga muhtojligini inobatga olib, 10 mln.so‘m;

Yangiobod mahallasida yashovchi fuqaro 1987-yil tug‘ilgan U.F.Z.aning 2007-yil tug‘ilgan farzandi T.B.O. bolalikdan yurak nuqsoni kasalligi bilan kasallangan, ikkinchi guruh nogironi ekanligi, hozirgi kunda davolanishga hamda oilaning moddiy yordamga muhtojligini inobatga olib, 22 mln.so‘m;

Mingtepa mahallasida yashovchi fuqaro 1985-yilda tug‘ilgan X.F.E.ning sog‘ligi yomonlashib, unda suyak, bo‘g‘in kasalliklari aniqlangan. F.X.ning davolanishiga moddiy imkoni bo‘lmagani sababli 3 mln.so‘m;

Bog‘bon mahallasida yashovchi fuqaro 1990-yilda tug‘ilgan P.S.A. tuman 3-sektor rahbariga jigar operatsiyasi uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan. P.S.ning davolanishiga moddiy imkoni bo‘lmagani sababli 3 000 000 (uch million) so‘m,

Navbahor mahallasida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro Z.Sh.M.ning “Surunkali gepatit” kasalligiga chalinganligi, davolanishi uchun 10 mln.so‘m;

Xo‘jamazgil mahallasida yashovchi 1982-yilda tug‘ilgan fuqaro A.X.ning davolanishi uchun 20 mln.so‘m;

Mingtepa mahallasida yashovchi “Temir daftar”da ro‘yxatda turuvchi fuqaro T.R.T.ning 2005-yil tug‘ilgan, buyrak yetishmovchiligi kasalligiga chalingan farzandi A.T.ning davolanishi uchun 5 mln.so‘m;

2 nafar kam ta’minlangan oila farzandlariga (A.Temur MFYda yashovchi D.M.Sh. va Ulug‘bek MFYda yashovchi X.B.Q.) yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish uchun bolalar dam olish oromgohiga 2 mln 200 ming.so‘m miqdorda mablag‘lar ajratildi.

Bundan tashqari keksa yakka yolg‘iz keksa nuroniylarning oilasiga  tuman hokimligi, mahalla faollari hamda tashkilot rahbarlari bilan birgalikda holidan xabar olib, kunlik ehtiyojlari uchun talab etiladigan oziq-ovqat va nooziq ovqat mahsulotlari tarqatib  kelinmoqda.

Shuningdek, tumanda bo‘lib o‘tayotgan bayram tadbirlarida ularning ishtiroklari ta’minlanib, ularga ko‘tarinki kayfiyat va bayram shukuhi ulashib kelinmoqda.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM