Hafta davomidagi muhim vazifalar belgilab olindi

Bulung‘ur tumani Nurli yo‘l mahallasida joylashgan 1-sektor shtabida navbatdagi muhokama bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Samandar Astonov huzurida o‘tgan muhokamaga hokim o‘rinbosarlari, kun tartbidagi masalalarga aloqador soha rahbarlari taklif etildi.

Kun tartibida ijro intizomi, yoshlar, xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi vazifalar ijro holati, qishloq xo‘jaligida kuzgi agrotexnik tadbirlarning bajarilishi, migratsiyadan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Xususan, “Ayollar daftari” bilan ishlashda ayrim ko‘rsatkichlarning ortda qolayotganligi tanqid qilindi. Misol uchun, imtiyozli kredit olish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga kredit ajratish, ijtimoiy yordamga muhtoj 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini hal etish borasida sustkashliklarga yo‘l qo‘yilganligi, bu borada zaruriy choralarni ko‘rish uchun kompleks tarzda yondashuv zarurligi ta’kidlandi.

 

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan mavjud vaziyat tanqidiy tahlil qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM