Qishloqlarimiz obod bo’lsin…
13.06.2022 - 14:042022-yil 18-mart kuni davlatimiz rahbarining 2022-2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla”dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Булунғур туман ҳокимлиги
Расмий веб-сайти
2022-yil 18-mart kuni davlatimiz rahbarining 2022-2026-yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla”dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori: bugun har bir mahallada yuqorida nomlari qayd etilgan besh kishilik tarkibdan iborat jamoa yaxlit tizim sifatida faoliyat yuritmoqda. Har kimning vazifasi aniq, shu bilan birga umumiq maqsad yagona. Shunday ekan, “beshlik” vakillari mahalla raisi atrofida birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishlari lozim.
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi sa’yi-harakatlar izchillik bilan davom etmoqda. Xususan, Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov tumanning Yangiobod, Yangiariq, Ulug‘bek mahallalarida bo‘lib, aholi xonadonlarida tadbirkorlikni va tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, qo‘shimcha daromad manbaalarini yaratish borasidagi ishlar bilan joyida tanishdi.
Yurtimizda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da mahalla tuzilmasiga qulaylik yaratish masalalriga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, bugun foydalanishga topshirilgan Bulung‘ur tumani Kildon mahallasi binosi ham fikrimizga misol bo‘la oladi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi rahbari Dilbar Narmuradova ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Yoshlarni yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida Bulung‘ur tuman Ichki ishlar bo'limi HPB VY va YO‘HPTEG hamda inspector psixologlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, tuman Xalq ta'limi bo'limi hamkorligida “Yosh huquqshunos” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.