Bulung‘urlik “Yosh huquqshunos”lar aniqlandi

Yoshlarni yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida Bulung‘ur tuman Ichki ishlar bo'limi HPB VY va YO‘HPTEG hamda inspector psixologlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, tuman Xalq ta'limi bo'limi hamkorligida “Yosh huquqshunos” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

 

7-13, 14-17, 18-30 yosh toifasida o‘tkazilgan tanlovda ishtirokchilarning bilimlari ona-tili va adabiyot, O‘zbekiston tarixi, huquqshunoslik fanlaridan jami 100 ta test topshiriqlarida sinovdan o‘tkazildi. Natijalarga kora har bir yosh toifasi doirasida eng yuqori ball to‘plagan 3 nafardan ishtirkchi tanlov tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Ma’lumot uchun, tanlovda g‘olib bo‘lgan yoshlar ota-onalarining ish joyi va doimiy yashash joyidagi fuqarolar yig‘inida ichki ishlar organlari rahbariyati tomonidan tantanali ravishda taqdirlanadi va ularning ota-onalariga “Minnaddorchilik xati” yuboriladi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM