Tuman hokimi: yer egallab, bino qurish haqida emas, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chorasini ko‘rishimiz kerak

Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi sa’yi-harakatlar izchillik bilan davom etmoqda. Xususan, Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov tumanning Yangiobod, Yangiariq, Ulug‘bek mahallalarida bo‘lib, aholi xonadonlarida tadbirkorlikni va tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, qo‘shimcha daromad manbaalarini yaratish borasidagi ishlar bilan joyida tanishdi.

Ulug‘bek mahallasidagi bo‘sh turgan obyekt egalari bilan suhbatda bo‘lib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish choralari ko‘rilishi lozimligi, buning uchun yer olish, bino qurish haqida emas, bo‘sh turgan binolarni ishga tushirish haqida o‘ylash zarurligi ta’kidlandi. Tadbirkorlarga bo‘sh turgan binolardan foydalanish choralarini ko‘rishlari yoki talabgorlarga ijaraga berish lozimligi tavsiya qilinib, bu har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishi bildirildi.

Hokim, shuningdek, “Bulung‘ur eko tex” MChJning “Dam olish oromgohi va sanatoriya tashkil etish” loyihasi bilan joyida tanishib, mavjud muammo va galdagi vazifalar muhokama qilindi. Aholi xonadonlarida asalarichilik, parrandachilik, issiqxona, intensiv baliqchilikni rivojlantirish borasidagi loyihalar ko'zdan kechirilib, ijobiy tajribalarni ommalashtirish, soha yuzasidan aholining bilimlarini oshirish zarurligi ta'kidlandi.

Bundan tashqari, tumanning Yangiobod mahallasida uy sharoitida dekorativ gullar yasash, shuningdek mebel yasash faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar xonadonida bo‘lindi. Ular bilan suhbatda loyihani kengaytirish choralari ko‘rilishi lozimligi ta’kidlanib, mavjud muammolari tinglandi. Suhbat natijasiga ko‘ra mahalla hududdidagi bo‘sh turgan binolardan ijaraga joy olinib, mazkur oilaviy tadbirkorlik faoliyatlarini kengaytirishga ko‘mak ko‘rsatiladigan bo‘lindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM