Янгиликлар

“Beshlik”ning o‘tgan hafta yakunlari yuzasidan faoliyati sarhisob qilinib, galdagi vazifalar belgilab olindi

Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori: bugun har bir mahallada yuqorida nomlari qayd etilgan besh kishilik tarkibdan iborat jamoa yaxlit tizim sifatida faoliyat yuritmoqda. Har kimning vazifasi aniq, shu bilan birga umumiq maqsad yagona. Shunday ekan, “beshlik” vakillari mahalla raisi atrofida birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishlari lozim.

Tuman hokimi: yer egallab, bino qurish haqida emas, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chorasini ko‘rishimiz kerak

Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi sa’yi-harakatlar izchillik bilan davom etmoqda. Xususan, Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov tumanning Yangiobod, Yangiariq, Ulug‘bek mahallalarida bo‘lib, aholi xonadonlarida tadbirkorlikni va tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, qo‘shimcha daromad manbaalarini yaratish borasidagi ishlar bilan joyida tanishdi.

Bulung‘urlik “Yosh huquqshunos”lar aniqlandi

Yoshlarni yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida Bulung‘ur tuman Ichki ishlar bo'limi HPB VY va YO‘HPTEG hamda inspector psixologlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi, tuman Xalq ta'limi bo'limi hamkorligida “Yosh huquqshunos” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM