Chorvachilikda naslchilik ishining ahamiyati
06.10.2022 - 14:59Hozirgi kunda dunyo miqyosida aholining sifatli oziq-ovqatga bo’lgan talabini qondirish muhim masala sanaladi. Shu jumladan chorvadan olinadigan mahsulotlar ya’ni sut, go‘sht, tuxum va boshqa mahsulotlar inson hayotida to‘yimliligi va foydaliligi jihatdan o‘ta muhim hisoblanadi. Ushbu chorva mahsulotlarining miqdori chorva hayvonlarining mahsuldorlik ko‘rsatgichlariga bog‘liq.