Bulung‘ur tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Eshmuratovning “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili asosida 3-chorak bo‘yicha tuman davlat soliq xizmati organlarining amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan murojaati

Assalomu alaykum,

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Bugungi kunda Bulung‘ur davlat soliq inspeksiyasi “Soliqchi – ko‘makchi tamoyili asosida faoliyat yuritishi ustuvor vazifa etib belgilangan. Xo‘sh, shu o‘rinda “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyilining mazmun-mohiyati nimalardan iborat, degan o‘rinli savol tug‘ilishi tabiiy. Eng avvalo, ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanligini tanlab berishimiz zarur. Undan keyingi bosqichda asosiy e’tibor tadbirkorlik sub’ektining oyoqqa turib olishiga, faoliyat ko‘rsatmayotganlarini qayta tiklashga, buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni shakllantirish va topshirish, xullas, nima muammosi bo‘lsa hal etish bo‘yicha ko‘maklashishga qaratiladi.

Bulung‘ur davlat soliq inspeksiyasiga III chorak uchun budjet daromadlariga 19 369.0  milliard so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 21 830.2 milliard so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 113 foizga (2 461.2 mlrd.so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

Belgilangan rejaning ortig‘i bilan bajarilishida har bir tadbirkorlarning muammolarini tushungan holda, ularga yaqin ko‘makchi sifatida ish tashkil qilingani asosiy sabab desam yanglishmayman.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda davlat soliq xizmati organlari faoliyati tadbirkorlarni jazolashga emas, aksincha ularga eng yaqin ko‘makchi bo‘lish, ishbilarmon doira vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Demak, faoliyatimizga baho soliq qonunchiligi buzilishi qay darajada kamaygani, tadbirkorlarni ortiqcha sarf-xarajatlardan saqlab qolish, ular duch kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga qarab beriladi.

Faoliyatini boshlayotgan tadbirkor qator muammolarga duch kelishi ehtimoldan holi emas. Ayni jarayonda ularga davlat soliq xizmati organlari xodimlari ko‘makchi bo‘lishi zarur.  

Darhaqiqat soliq xodimi eng avvalo, yangi ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanini tanlab berishimiz zarur.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida tumandagi 529 ta tadbirkorlik sub’ektlari o‘rganildi. Shundan 306 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 89 ta, soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berishda 65 ta, soliq rejimini tanlashda 48 ta, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha tushuncha berishda 65 ta, 17 ta 154.0 mln. so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda tadbirkorlik sub’ektiga ko‘maklashildi.

Masalan, "KORJOV OTABOY" FXning 15 934.0 ming so‘mlik "UCHBURCHAK" FXning 12758.0 ming so‘mlik ortiqcha to‘lovlari boshqa soliq turlaridan bo‘lgan qarzi uchun  qoplangan bo‘lsa Serxosil f/xning 25 000.0 ming so‘mlik va “Kulchabiy beshotar oqtepa gavxari” FXning 17 204.0 ming so‘mlik ortiqcha to‘langan soliqlari xisobraqamiga qaytarilib berildi.

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qarori bu borada muhim dasturilamal hujjat bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi.

Bulung‘ur tumani bo‘yicha 2022-yilning III chorak choragida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni  1863 nafarni tashkil etmoqda. Shundan, 452 ijtimoiy yo‘nalish, 433 nafari maishiy xizmatlar yo‘nalishi, 147 nafari sanoat, 687 nafari qishloq xo‘jaligi, 98 nafari axborot-komunikasiya yo‘nalishlari bo‘yicha xizmatlar, 193 nafari xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qildi.

Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messendjerida SoliqMaslahatchilari (Bulung‘ur tumani Soliqchi-koʻmakchi va  Samarqand DSB guruhlari tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

Telegramdagi tuman davlat soliq inspeksiyasining Soliqchi-ko’makchi Bulung’ur tuman DSI rasmiy kanali orqali soliq qonunchiligidagi yangiliklardan xabardor bo‘lishingiz mumkin. Shuningdek, +99895-508-25-26 raqami orqali Telegram messenjerida yozma murojaat qilishlari mumkin.

Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sizlarga sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanlarda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Tuman davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar sizlarga ko‘mak berishga har doim tayyor. O‘zlaringizni qiynayotgan muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzillar orqali bemalol murojaat qilishingiz mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat!

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM