Янгиликлар

Kun tartibida xotin-qizlar masalasi!

Vazirlar Mahkamasining ishchi guruhi Bulung‘ur tumanida bo‘ldi. Kun tartibida oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” tamoyili asosida idoralararo hamkorlikni yaratish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

“MENING YO'LIM” G‘OLIBLARIGA OFARIN!

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 fevraldagi 49-sonli qaroriga muvofiq hududiy ichki yoʼllarni taʼmirlash uchun byudjet parametrlarida hududda ajratilgan mablagʼning kamida 50 foizi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali “Mening yoʼlim” loyihasida aholi tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib moliyalashtirish uchun yoʼnaltirilishi qayd etilgan.

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi sakson to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Kengash raisi Samandar Astonov raisligida o‘tgan sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, kun tartibida masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari va tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Bulung‘urda maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar topshirildi: ijobiy natijalar soni va salmog‘i ortgani quvonarli!

Joriy yilda tumandagi maktablarni 2434 nafar o‘quvchi yoshlar bitirdi. Ulardan 97 nafari maktab ta’limini oltin, 7 nafari kumush medallar bilan yakunladilar.
Bundan tashqari, shu yilgi bitiruvchilar orasidan 14 nafari muddatidan avval turli xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘lgan bo‘lsalar, yana 54 nafari turli darajada xorijiy til bilish sertifikatlarini (IELTS, CEFR va h.k.) qo‘lga kiritib, yarim muvaffaqiyatni naqd qilib qo‘ydilar.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM