Kun tartibida xotin-qizlar masalasi!

Vazirlar Mahkamasining ishchi guruhi Bulung‘ur tumanida bo‘ldi. Kun tartibida oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” tamoyili asosida idoralararo hamkorlikni yaratish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi. Xususan, shu munosabat bilan tumanning Mingchinor mahallasida o‘tkazilgan seminarda sohaga mas’ullar, mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda faol, tadbirkor, tajribali ayollar ishtirok etishdi.

 

Erkin ruhda, o‘zaro muloqot shaklida o‘tgan seminar davomida xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va oilaviy ajrimlarning oldini olishning samarali mexanizmlari muhokama qilindi.


Suhbat davomida soha mutaxassislari, faollarning fikrlari tinglandi. Amalga oshirilayotgan ishlar jinoyatchilik va oilaviy ajrimlardan holi Avliyo Parpi hamda oilaviy ajrimlar kuzatilgan Mehrjon mahallalarining xotin-qizlar faollari faoliyati misolida tahlil qilindi.

Shuningdek, ishchi guruh tumanda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar natijadorligi bilan tanishdi. Xususan, Mingchinor mahallasidagi “Daka inteks” tikuvchilik fabrikasida bo‘lishib, bu yerda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, kegusi rejalar bilan qiziqishdi.

Ma’lumot uchun, tumanda jami 2 149 ta ishsiz xotin-qizlar mavjud, shundan 2 053 nafarining bandligi ta’minlangan. Xususan, “Mingchinor” mahallasida belgilangan chora-tadbirlarning sifatli aamalga oshirilishi natijasida 96 nafar ishsiz xotin-qizlar bandligi ta’minlanib, qo‘shimcha 506 ta ish o‘rinlari mavjudligi aniqlandi.

 

Bundan tashqari, ishchi guruh tomonidan Gulzor mahallasi misolida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, aholining oilaviy daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Ishchi guruh o‘rganishlari yakuniga ko‘ra, “oila-mahalla-ta’lim” tamoyili asosida yoshlar ongida ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya, ota-ona oldidagi burch va majburiyatlari, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka nisbatan murosasiz kayfiyatni shakllantirish, yoshlarni yetuk va barkamol avlod qilib tarbiyalash maqsadida ta’lim muassasalari, mahalla yig‘inlari va boshqa tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar dasturi ishlab chiqilib, doimiy ravishda ijrosini ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yililishi belgilandi.

Shu bilan birga, “Ota-ona masu’liyati” degan g‘oya ostida ota-onalarning farzandini voyaga yetkazish, ularning ta’minoti, ta’lim-tarbiyasidagi shaxsiy javobgarlik kabi qonunchilikda belgilangan majburiyatlari bo‘yicha bilim saviyalarini oshirib borish tizimini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM