Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi sakson to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Kengash raisi Samandar Astonov raisligida o‘tgan sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, kun tartibida masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari va tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1) Bulung‘ur tumanini 2023-yilda rivojlantirish, qo‘shimcha zaxiralarni safarbar etgan holda barqaror o‘sishga erishish bo‘yicha “Yo‘l xarita”sining ijrosi hamda tuman “Yoshlar bandlik dasturi” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimimg o‘rinbosari A.Buriboyevning hisoboti.

2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmonining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiyarovaning hisoboti.

3) Tuman mahalliy budjet prognoz ko‘rsatgichlari bajarilishini ta’minlash, hududlarning iqtisodiy o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda qo‘shimcha manbalarni aniqlash hamda soliq yig‘uvchanlik qamrovini oshirish bo‘yicha tuman davlat Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Eshmurotovning hisoboti.

4) Tuman hokimining tegishli qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

5) Xalq deputatlari tuman Kengashining 2023-yil 27-apreldagi VI-81-40-7-93/K-sonli qarorini 3-ilovasining ID0017218008 loyihasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida.

6) Tuman “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.

 

Sessiya kun tartibida ko‘rilgan masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM