Янгиликлар

Bugun 15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni

U azonlab turib hovlini supuradi, sigir sog‘adi, farzandlari uchun taom tayyorlaydi, xo‘jayinini ishga, farzandlarini maktabga kuzatadi, kun davomida bir zum tinim bilmasdan xo‘jalik ishlari bilan band bo‘ladi, kechga yana taom tayyorlab, xo‘jayini, farzandlarini ochiq chehra bilan kutib oladi, farzandlarining kiyimini yuvib, dars tayyorlashiga yordamlashadi.

Oilaviy MTTlar soni ortib bormoqda, sifatichi?

Bugun yurtimizda 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish maqsadida oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xususan, joriy yildan ularda qamrab olish mumkin bo‘lgan yoshlar soni 25 nafardan 50 nafargacha ko‘paytirish imkoniyati yaratildi. Ayni vaqtda Bulung‘ur tumanida ularning soni 105 taga yetgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Tayyorgarlik jarayonidagi eng muhim masala aholi o‘rtasida ro‘yxatga olishda faol ishtirok etish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish hisoblanadi, - Shu maqsadda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tadbirning shiori va logotipi ishlab chiqilib, aholini ro‘yxatga olishning rasmiy veb-sayti (aholi.stat.uz) yaratildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM