Bugun 15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni

U azonlab turib hovlini supuradi, sigir sog‘adi, farzandlari uchun taom tayyorlaydi, xo‘jayinini ishga, farzandlarini maktabga kuzatadi, kun davomida bir zum tinim bilmasdan xo‘jalik ishlari bilan band bo‘ladi, kechga yana taom tayyorlab, xo‘jayini, farzandlarini ochiq chehra bilan kutib oladi, farzandlarining kiyimini yuvib, dars tayyorlashiga yordamlashadi. U opa, u singil, u rafiqa, u opa, u mehribon buvi. Eng qizig‘i shuki, bularning barchasiga qaramasdan u “vaqtincha ishsiz”! Aniqrog‘i, shunday deyishadi.

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007- yil 18- dekabridagi yig‘ilishida 15- oktabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb rasman e’lon qilingan. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida, jumladan 2019- yildan buyon yurtimizda ham mazkur sana xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

 

Bugun erta tongdan ushbu sana munosabati bilan Bulung‘ur tumani hokimining maslahatchisi Mahbuba Qurbanova bir qancha xonadonlarda bo‘lib, ularni bayram bilan tabrikladi. Respublikamizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berib, jamiyat taraqqiyotida ularning o‘rni naqadar muhim ekanligini ta’kidladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM