Bugun 15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni
15.10.2021 - 22:01U azonlab turib hovlini supuradi, sigir sog‘adi, farzandlari uchun taom tayyorlaydi, xo‘jayinini ishga, farzandlarini maktabga kuzatadi, kun davomida bir zum tinim bilmasdan xo‘jalik ishlari bilan band bo‘ladi, kechga yana taom tayyorlab, xo‘jayini, farzandlarini ochiq chehra bilan kutib oladi, farzandlarining kiyimini yuvib, dars tayyorlashiga yordamlashadi.