“Navbahor” mahallasida bir jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

“Navbahor” mahallasida bir jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda  viloyat IIB boshlig`i o`rinbosari X.Umarov,  tumani IIB boshlig‘i A. Otamurodov,  tuman Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bo`limi boshlig`i  A. Shodmonov, jabrlanuvchi va gumonlanuvchilarning yaqin qarindoshlari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari ishtirok etishdi…

Ma`lum bo`lishicha, fuqaro T.N.(jabrlanuvchi) ning  2023-yil 1-avgust kuni soat 00:00 da, Bulung`ur tumani Tibbiyot birlashmasi qabul bo`limining Bulung`ur tumani navbatchilik qismiga bergan xabariga ko`ra, A.A. (gumonlanuvchi) mastlik holatida og`zaki tortishib qolib, janjal davomida yonida bo`lgan oshxona pichog`i bilan qarindoshi T.N. ning qorin sohasiga ikki marotaba sanchib olib tan jarohati yetkazgan. 

Mazkur holat yuzasidan, Bulung`ur tumani IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 104-moddasi  2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Muhokama davomida bu kabi holatlarning kelib chiqish sabablari, oqibatlari muhokama qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.
 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM