“Navbahor” mahallasida bir jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB boshlig`i o`rinbosari X.Umarov, tumani IIB boshlig‘i A. Otamurodov, tuman Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bo`limi boshlig`i A. Shodmonov, jabrlanuvchi va gumonlanuvchilarning yaqin qarindoshlari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari ishtirok etishdi…
Ma`lum bo`lishicha, fuqaro T.N.(jabrlanuvchi) ning 2023-yil 1-avgust kuni soat 00:00 da, Bulung`ur tumani Tibbiyot birlashmasi qabul bo`limining Bulung`ur tumani navbatchilik qismiga bergan xabariga ko`ra, A.A. (gumonlanuvchi) mastlik holatida og`zaki tortishib qolib, janjal davomida yonida bo`lgan oshxona pichog`i bilan qarindoshi T.N. ning qorin sohasiga ikki marotaba sanchib olib tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan, Bulung`ur tumani IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Muhokama davomida bu kabi holatlarning kelib chiqish sabablari, oqibatlari muhokama qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.