Bulung‘ur tuman hokimligida navbatdagi murojaatlar qabuli bo‘lib o‘tdi
07.09.2021 - 14:21Bugun aholi murojaatlarini tinglash va ularni hal etish har bir rahbar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Shu boisdan Bulung‘ur tumani hokimi tomonidan ham doimiy ravishda joylarda sayyor tartibda uchrashuvlar o‘tkazilib, qolaversa, qat’iy belgilangan reja asosida haftaning seshanba kunlari tuman hokimligida murojaatlar qabuli o‘tkazilib kelinmoqda.