Davlat statistika hisobotining oylik shakllarini taqdim etish muddati 5 iyundan 7 iyunga ko`chirilmoqda

Hisobot taqdim etuvchi sub`ektlar diqqatiga!

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi PF­5574-son “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi Farmoni munosabati bilan, davlat statistika hisobotlari shakllarini taqdim etish muddati o`zgartirildi:

         7 iyundan kechiktirmay

  - 2-narx (oylik) “Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari o`rtacha narxlari to`g`risida hisobot”

  • 1-ruhsatnoma (oylik) “Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga berilgan ruhsatnomalar to`g`risida hisobot”
  • 1-K (oylik) “Tashkilot faoliyati to`g`risida hisobot”
  • 1-K shakliga ilova (savdo) (oylik) “Hududiy alohida bo`linmalarga ega bo`lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to`g`risida hisobot”
  • 1-K shakliga ilova (sanoat) (oylik) “Hududiy alohida bo`linmalarga ega bo`lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to`g`risida hisobot”
  • 1-K shakliga ilova (xizmat) (oylik) Hududiy alohida bo`linmalarga ega bo`lgan yuridik shaxslar tomonidan ko`rsatilgan xizmatlar to`g`risida hisobot

      Shu bilan birga, Davlat statistika qo`mitasi serverlari kechayu kunduz ishlashini va Siz xohishingizga qarab hisobotlarni belgilangan muddatdan avval yuborishingiz mumkinligini ma`lum qilamiz.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM