Bulung‘urda 2000 gektar lalmi yerlar suvli maydonga aylantiriladi

Tumanning “Zarafshon” agrofirmasi hududidagi 1984-yilda qurilgan suv haydash inshootining qarovsiz qolishi natijasida so‘nggi 20 yillikda hududdagi yerlar lalmi yer toifasiga o‘tib, yilda bir marta boshqoli don ekinlari ekilib kelingan. Hosildorlik esa kafolatlanmagan: bahorgi mavsumning nechog‘liq yog‘ingarchilikka boy bo‘lishiga bog‘liq.

 

Davlatimiz rahbarining 2023-yil Samarqand viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqqa ko‘ra, bugun hududga suv chiqarish choralari ko‘rilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 20 mlrd so‘m. atrofida bo‘lib, tog‘ yonbag‘irlariga qadar suv olib chiqish nazarda tutilgan. Hududda tomchilatib sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish, mazkur yerlar toifasini sug‘oriladigan maydonlar toifasiga o‘zgartirish va faol foydalanishga kiritish, yangi ish o‘rinlari hamda natijada qo‘shilgan qiymat yaratish belgilangan.

Bugungi kunda buyurtmasi “Turonbank” AJ tijorat banki buyurtmasi asosida bosh pudratchi “To‘palang HPD Holding” MChJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda. Bank boshqaruv raisi Ch.Mirzayev hamda tuman hokimi S.Astonov, loyihaga mas’ul respublika hamda viloyat darajasidagi mas’ullar ishlar ko‘lami bilan tanishish va kelgusi vazifalarni belgilash maqsadida hududda bo‘lishdi.

Xususan, qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi, suv olib borilishi belgilangan yerlar adirliklarga chiqilib, joyida o‘rganildi. Suvni baland hududlarga olib chiqish, so‘ngra ortiqcha qiyinchiliksiz maydonlarga taqsimlash, bunda tashkiliy jarayonlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi hamda kelgusi vazifalar kelishib olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM