Qishloq xo‘jaligi: kutilayotgan muammo va yechimlar

Bulung‘ur tumani iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi ham muhim ahamiyat kasb etadigan tarmoqlardan biri sanaladi. Shu boisdan soha rivojiga alohida e’tibor qaratilib, muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusi vazifalarni rejali tarzda belgilash choralari ko‘rib borilmoqda.

 

Tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi muhokamaga qishloq xo‘jaligi tashkilotlari mas’ullari, agrofirma raislari, g‘allachilikka ixtisoslashgan, shuningdek, elektr energiyasidan qarzdorligi bo‘lgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari taklif etildi.

Muhokama davomida Samarqand “Gidrogeologiya” stansiyasi gidrogeologi I.Husanov tomonidan bugungi kunda qishloq xo‘jaligida oqova suvlar bilan bog‘liq kutilayotgan muammolar, ularning oldini olish maqsadida suv tejovchi uskunalarni keng joriy etish istiqbollari va kafolatlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

 

Tuman hokimi S.Astonov raisligida o‘tgan muhokamada joylarda o‘tkazilgan monitoringlar davomida elektr energiyasidan belgilangan normalarga zid ravishda foydalanib kelayotgan yoki elektr energiyasidan mavjud qarzdorliklarini o‘z muddatida so‘ndirmagan fermer xo‘jaliklari faoliyati tahlil qilindi.

 

Misol uchun, “Jasur Abduvoxabov” fermer xo‘jaligining elektr energiyasidan qarzdorligi 413 mln.so‘m, “Azzam Rustamov fermer xo‘jaligining qarzdorligi 62.9 mln.so‘m, “Xoliqxon dalalarifermer xo‘jaligining qarzdorligi 288 mln.so‘m, “Olqartepa oltin diyorfermer xo‘jaligining qarzdorligi 72 mln.so‘m, “Irodafermer xo‘jaligining qarzdorligi qariyb 95 mln.so‘mni tashkil etmoqda. Bu kabi katta va kichik summadagi barcha qarzdorliklar mavsum boshlanguniga qadar so‘ndirlmas ekan, fermer xo‘jaliklari elektr energiyasisiz qolishi va oqova suvdan qiynalishi tayin ekanligi bildirildi.

Shuningdek, muhokama davomida ayrim fermer xo‘jaliklari tomonidan 2024-yilgi mavsum uchun g‘alla urug‘i belgilangan maydonlarga shartnomadan kam ekilganligi tanqid qilindi. Misol uchun, “Lola Orzu Abdulla” fermer xo‘jaligi 12,6 gektar, “Otabek Mamatqulov yeri” fermer xo‘jaligi 15 gektar, “Mingchinor madadkor chorvasi” fermer xo‘jaligi 12 gektar belgilangan maydonga g‘alla urug‘i sochmaganligi aniqlangan. Muhokama davomida yerga qadalgan har bir urug‘dan olingan hosil fermer xo‘jaligining cho‘ntagiga tushishi, jumladan, bugungi kunda don bozor narxlarida xarid qilinayotganligi ta’kidlandi. Shartnoma shartlarini buzgan yuqoridagi kabi fermer xo‘jaliklariga nisbatan qonunchilikka ko‘ra ta’sir choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM