Aholini ro‘yxatga olish bizga nima beradi?

Bulung‘ur tuman statistika bo‘limi tomonidan aholi o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlarida shu savolga javob berilmoqda. 

Ana shunday tadbirlardan biri Bulung’ur tumanidagi 22-IDUMda o‘tkazildi. Unda viloyat statistika boshqarmasi ro‘yxatga olish va jarayonlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i J.Karimov va mutaxassislari hamda  tuman statistika bo‘limi boshlig‘i S.Turdiyev ushbu tadbirning maqsadi, mazmun-mohiyati, ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib o’tishdi.

Shuningdek, hozirgi kunda jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.

Maktab direktori Z.Artiqova maktab jamoasini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chorlab, o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilarning savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM