Urug‘lik sabzavot, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi subyektlar rahbarlari diqqatiga!

2024-yilning 9-fevral kuni Urgut tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi binosida 2024-yil hosilidan urug‘lik sabzavot, moyli, dukkakli va boshqa ekinlar urug‘chiligini yetishtirish huquqini qo‘lga kiritish uchun subyektlar o‘rtasida tender tanlovi bo‘lib o‘tadi.

 

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan fermer xo‘jaliklar rahbarlari quyidagi hujjatlar to‘plamini 2 nusxada tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limida tuzilgan tanlov ishchi guruhi kotibi (D.Abdullayev)ga 5-fevralgacha taqdim qilishlari so‘raladi.

 

1. Fermer xo‘jaligi (subyekt) nomidan tilxat.

2. Tuman tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limining yer resurslari bo‘limi ma’lumotnomasi.

3. Fermer xo‘jaligining (subyekt) rahbari va ishchi xodimlari to‘g‘risida ma’lumotnoma.

4. Irrigatsiya tizimi boshqarmasi ma’lumotnomasi.

5. O‘simliklar karantini va himoyasi tuman bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnoma.

6. Fermer xo‘jaligi (subyekt) rahbarining mutaxassisligi va ma’lumoti to‘g‘risida hujjat (diplom nusxasi).

7. Fermer xo‘jaligi (subyekt) rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi umumiy ish staji to‘g‘risida-tuman aholini bandligiga ko‘maklashish markazi ma’lumotnomasi (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar).

8.Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma.

9. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman bo‘limi tomonidan talabgorning mavjud qishloq xo‘jaligi texnikalari bo‘yicha berilgan ma’lumotnoma hamda texpasport nusxasi.

10. So‘nggi 3 yil ichida ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olingan hosildorlik va shartnomaviy rejaning bajarilishi bo‘yicha klaster korxonasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma.

 

Hujjatlarni qabul qilish 2024-yilning 5-fevral kuni soat 18:00 da to‘xtatiladi.    

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun (66)-442-21-25,  (99)-594-09-60 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM