Mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyati sarhisob qilindi: natijalar quvonarli emas

Tuman hokimi S.Astonov huzurida o‘tgan muhokamada tuman Kambag`allikni qisqaritish va bandlik bo`limi mas'ullari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, kommunal soha rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Tanqidiy ruhda o‘tgan muhokamada hokim yordamchilari oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yish, vazifasiga vijdonan yondashmaslik holatlari kuzayotilayotganligini ta’kidlandi.

Xususan, raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, hokim yordamchilari tomonidan ishsiz aholining o‘zini-o‘zi band qilish yo‘nalishi bo‘yicha tumanning yillik rejasi 12 ming 691 nafarni tashkil etadigan bo‘lsa, amalda 11 ming 442 nafar fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishiga erishildi. Bu ko‘rsatkich rejaga nisbatan 90 foizni tashkil etib, 1 ming 249 nafar fuqarolar rejaga nisbatan o‘zini-o‘zi band qilishga ko‘maklashilmagan.

Bundan tashqari, norasmiy faoliyat olib borayotgan fuqarolarning ish o‘rinlarini rasmiylashtirish va doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha tuman ko‘rsatkichi rejaga nisbatan 870 taga ziyodi bilan bajarilishiga qaramasdan, ayrim mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan reja to‘liq bajarilmaganligi aniqlangan.

Yoki oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha imtiyozli kredit ajratish yo‘nalishida yillik ajratilgan limit 53 mlrd 894 mln.so‘mni tashkil etadigan bo‘lsa, qo‘shimcha limit olish evaziga 59 mlrd 988 mln.so‘m miqdorda kredit mablag‘lari ajratilgan. Lekin, ayrim hokim yordamchilari tomonidan belgilangan limit doirasida ham kredit ajratish ishlari to‘liq yakunlanmagan.

Shuningdek, subsidiya, kredit va boshqa turdagi yordam ajratish orqali kambag‘allikdan chiqarish, mikroloyihalarni tashkil etish evaziga aholi bandligini ta’minlash, aholini kasb-hunarga o‘qitish borasidagi ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar ochiqlandi.

 

  • Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda tumanning rivoji uchun o‘z hissanini qo‘shmagan, tuman uchun jon kuydirib ishlamagan har bir davlat xizmatchisi olayotgan oyligimni oqladimmi, deb o‘ziga o‘zi savol berishi kerak emasmi, deya ta'kidlari tuman hokimi S.Astonov.

 

Muhokama so‘ngida har bir hokim yordamchisi ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha shaxsan mas’ul ekanligi belgilangan holda, ularga nisbatan mehnat qonunchligida belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llanililishi lozimligi taklif etildi.

Shuningdek, muhokama davomida ushbu kamchiliklar borasida mahalla raislarining ham qo‘shtirnoq ichida hissasi bor ekanligi, sababi mahalla raisi o‘z vaqtida so‘rov qilib borishi, lozim darajada faoliyat yuritmayotgan hokim yordamchilari ustidan taqdimnoma kiritishi huquqi bor ekanligi eslatib o‘tildi.

 

Muhokama so‘ngida mahallalarda elektr ta’minoti, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti, ko‘p qavatli uylardagi masalalar muhokama etilib, zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM