Samarqand delegatsiyasi Xitoyda

Ayni kunlarda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida Samarqand delegatsiyasi Xitoyda bo‘lib turib, qator biznes-forum va uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

 

Biznes-forumda viloyatimiz rasmiylari bilan bir qatorda, 100 dan ortiq samarqandlik tadbirkorlar qatnashishmoqda...

 

Delegatsiya tarkibida Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov, tuman hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Shavkat Razzoqov hamda bulung‘urlik tadbirkorlar ham ishtirok etishmoqda.

 

Bizga kelgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtga qadar tumanimiz rasmiylari va xorijlik investorlar o‘rtasida 102 mln. AQSh dollariga teng kelishuvlarga erishilgan.

Uchrashuvlar davom etmoqda...

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM