Soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash har bir fuqaroning konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi

Bulung‘ur tumanidagi 11-sonli Madaniyat markazida o‘tgan muhokama kun tartibida soliq qarzdorliklarini undirishning bugungi kundagi ahvoli, kelgusi dolzarb vazifalar xususida so‘z bordi. Tuman prokurori S.Saidov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Ibragimov, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Kulmirzayev boshchiligida o‘tgan muhokamaga tuman prokuraturasining mas’ul xodimlari, tuman soliq inspeksiyasining barcha xodimlari, tuman Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bo`limi mas’ullari, tuman Majburiy ijro bo‘limi rahbariyati, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalari kengashlari huzuridagi Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazining barcha xodimlari, mahalla raislari va hokim yordamchilari, agrofirma raislari hamda yirik miqdorda qarzdorliklari mavjud bo‘lgan fermerlar taklif etildi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan muhokama avvalida soliq tizimi yuzasidan aniqangan kamchiliklar yuzasidan tuman prokurorining axboroti eshitildi. Shundan so‘ng soha rivoji yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, kelgusi rejalar xususida so‘z yuritildi. Mavjud qarzdorliklarni undirish yuzasidan qat’iy choralar belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM