Deputat saylovchilar bilan birga

Joriy yilning 29-30-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuxrat Abduxalimov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Samarqand viloyati Kengashi raisi Baxtiyor Abdullayev ishtirokida tumandagi Amir Temur, Bulung‘ur, Oqtepa, Gulobod, Avliyo Parpi va Chorbog‘ mahallalarida aholi bilan ochiq muloqot va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mohiyati, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va ommalashtirish, xalqimiz farovonligini oshirish borasidagi islohotlar va erishilayotgan yutuqlar, Vazirlar Mahkamasining Xitoy tajribasi asosida Bulung‘ur tumanini rivojlantirish bo‘yicha Qarori loyihasi bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

 

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, muammolari o‘rganildi. Ularning aksariyat qismi joyida hal etildi. Ayrim masalalar ro‘yxatga olinib, ijro uchun mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi. Shu bilan birga hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida ko‘rilgan choralar o‘rganildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM