Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish barchamizning burchimiz!

Butun dunyo bo‘ylab 25-noyabr ayollarga qarshi zo‘ravonlikka barham berish kuni sifatida nishonlanishi an’anaga aylangan. Bu borada mamlakatimizda ham tizimli islohotlar amalga oshirilayotganligi sir emas. Xususan, 2019-yilda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Shu munosabat bilan bu yil ham mamlakatimizda 16 kunlik targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazilmoqda.

 

Bulung‘ur tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida Respublika Reablitatsiya markazi hududiy bo‘linmasi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Adliya, IIB, TTB va qator hamkor tashkilotlarning rahbar hamda mas’ullari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

 

«Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!» shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda masalaning dolzarbligi, bu boradagi muammolar va ularning yechimi yuzasidan takliflar muhokama etilib, hamkorlikda bajarilishi lozim bo‘lgan kelgusi vazifalar xususida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM