Ma’naviyat marafoniga marhamat!

Ertaga, 10-noyabr, juma kuni Bulung’ur tumanida “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkaziladi.

 

Xususan, tadbir doirasida soat 10:00 da tumandagi barcha korxona va tashkilotlarda “Kasb odobi va madaniyati” mavzusida “Ma’rifat soatiari” o‘tkaziladi.

 

Soat 11:00 da Bulung‘ur Pedagogika kollejida “Bu kitobni har bir inson o‘qishi kerak” shiori ostida eng yaxshi kitoblar ko‘rgazmalarini tashkil etish, taniqli shoir, yozuvchilar bilan yosh ijodkorlaming “Mahorat darsi” uyushtiriladi.

 

Shuningdek, soat 11:00 da tuman markazidagi Fozil Yo‘ldosh nomli xiyobonida ma’naviyat marafoni doirasida gala konsert bo‘lib o‘tadi.

 

Soat 12:00 da Fozil Yo‘ldosh mahallasidagi 5-umumta’lim maktabi maqom va folklor qo‘shiqlari, musiqalar, amaliy san’at namunalari, xalq o‘yinlari, milliy liboslar ko‘rgazmali namoyishi tashkil etiladi.

 

Soat 14:00 da tumandagi 20-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Kitob — mening eng yaqin do‘stim” shiori ostida “Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik” g‘oyasini bolalar ongiga singdirishga qaratilgan animatsion filmlar namoyishini tashkil qilinib, undan so‘ng film taassurotlari haqida bolajonlar bilan kitobning ahamiyati haqida suhbat tashkil qilinadi.

 

Bundan tashqari, “Ma’naviy ekskursiya” loyihasi doirasida ta’lim muassasalari  o‘quvchilari hamda tumandagi tashkiloyt va korxona xodimlarining  teatr va muzeylarga sayohatlarini tashkil etilishi belgilangan.

 

Yurt taqdiri, farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboliga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni marafonda kutib qolamiz!

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM