Sun'iy notekisliklar tartibga olinadi

Zarnews.uz saytida "Yo‘llardagi sun’iy do‘ngliklarni kim tartibga oladi?" sarlavhali maqola e'lon qilindi. Unda tumanimiz markazidan Kildon mahallasiga eltadigan yo'lga o'rnatilgan sun'iy notekisliklar tanqid ostiga olingan.

Holat soha mutasaddilari tomonidan o'rganildi. Qayd etish joizki, ushbu hududda 3 ta notekislik maktab yaqinida bo'lgani uchun belgilangan talablar asosida, tegishli masofada o'rnatilgan. Ulardan oldin yo'l belgilari mavjud. Qoida tariqasida sun'iy notekislik uzra shtrix-chiziqlar chizilishi belgilandi. Kelgusida rezina shaklidagi sun'iy notekisliklarga almashtirish choralari ko'riladi.

Ayni paytda ishchi guruh tuzilib, tuman hududidagi barcha noqonuniy notekisliklarni xatlov qilish va ularni bartaraf etish choralari ko'rilyapti

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM