Hokim o’rinbosarlari xalq vakillariga hisobot berdi

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi sakson sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligi majlislar zalida o‘tgan sessiyaga tuman kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari taklif etildi.

 

Kengash raisi S.Astonov raisligida o‘tgan sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

 

  1) Qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumli foydalanish, takroriy ekin ekish uchun yerlarni ijaraga berish orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Rizayevning hisoboti.

 

  2) “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmonining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Buriboyevning hisoboti.

 

  3) Xalq deputatlari tuman Kengashining 2023-yil 12-maydagi VI-82-55-7-93-K/23-sonli “Tuman aholisi va ijtimoiy soha obyektlarini 2023-yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi to‘g‘risida.

 

  4) Tumanda 2023-2024-yillarda kuz qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida olib borilayotgan ishlar va oldinda turgan asosiy vazifalar to‘g‘risida tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari N.Sanaqulovning hisoboti.

 

  5) Tuman “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.

 

Sessiya kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning hsobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi va yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM