Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

Bugun tuman Ichki ishlar bo'limida viloyati IIB   JXX JTSB MTB katta inspektori podpolkovnik  T.Qo‘ziboyev, viloyat Ovchi baliqchilar sport bo‘limi katta ovshunosi  A.Ismatullayev va Bulung'ur tumani ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi ovchilar bilan uchrashv o'tkazildi.

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasining "Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi 2022-yil 31-maydagi O'RQ-772-son Qonuniga asosan endilikda pnevmatik, gazli, signal beruvchi, uloqtirish va tig'li sovuq qurol va elektroshok qurilmalari va o'qotar qurolning asosiy qismlari bilan qonunga xilof ravishda muomalada bo'lish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzganligi uchun jinoiy va ma'muriy javobgarlik choralari belgilanganligi bo'yicha tushuntirish berib o'tldi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM