So’nggi pushaymondan foyda bormikin…

Bulung’ur tumani Nebo’sa mahallasida bir jinoyat muhokamasi bo’lib o’tdi. Gap shundaki, spirtli ichimlikning “karomati” ta’sirida yoshi oltmishdan oshgan ikki qishloqdosh yovlashganlar.

Joriy yil 14-sentyabr kuni Nebo’sa mahallasida istqomat qiluvchi, 1961-yilda tug’ilgan B.M.M. hamda shu mahallada yashovchi, 1966-yilda tug’ilgan E.P.E. o’rtasida o’zaro janjal kelib chiqadi. Natijada spirtli ichimlik ta’sirida bo’lgan fuqaro B.M.M. qishloqdoshiga oshxona pichog’i bilan tan jarohati yetkazgan.

Ushbu mudhish voqea tuman hokimi S.Astonov, tuman prokurori S.Saidov, tuman IIB boshlig’i o’rinbosari I.Salimov, keng jamoatchilik vakillari, mahalla mas’ullari hamda mahalla ahli ishtirokida muhokama qilindi.

Muhokama davomida ushbu voqeaga olib kelgan omillar tahlil qilinib, kelgusida ularni bartaraf etish yuzasidan fikrlar bildirildi. Gumon qilinuvchiga nisbatan so’nggi qarorni odil sud qabul qilishi ta’kidandi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM