Xo‘jamazgilda yangi imkoniyalar yaratiladi

Bulung‘ur tumani Xo‘jamazgil mahallasidagi 2 000 ga. lalmi yerlardan bugungi kunda amalda samarali foydalanilmasdan kelinmoqda. Ushbu yerlarni foydalanishga kiritish orqali hududdagi aholining bandligini ta’minlash va qo‘shimcha daromad manbayi yaratish imkoniyati mavjud. Prezident Sh.Mirziyoyevning joriy yil 24-avgust sanasidagi Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ushbu yerlarni foydalanishga kiritish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berilgan edi.

 

Bugun ushbu hududda yerlari bo‘lgan fermer xo‘jaliklari raislari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda tuman hokimi S.Astonov, “Turonbank” Samarqand bank xizmatlari markazi boshqaruvchisi H.Ochilov, soha mas’ullari tomonidan loyihaning amalga oshishi maыsadida ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berilib, zaruriy vazifalar belgilab olindi.

 

Loyihaga ko‘ra, hududda Farmontepa nasos stansiyasi qurish va tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish orqali ushbu yerlar foydalanishga kiritilib, unda kartoshka va dukkakli ekinlar yetishtirilishi belgilangan. Boshlang‘ich hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha qiymati 20 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda. Ayni kunlarda loyihalashtirish ishlari olib borilayotgan yangi nasos stansiyasi 2024-yilning 1-yarim yilligida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tuilmoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM