Qishloq xo‘jaligida vazifalar aniq belgilangan

Bulung‘ur tumanida 2024-yil hosili uchun 6 290 ga. maydonga boshoqli don ekinlarini ekish, dala chetlariga 450 ga. maydonda Oltiariq tajribasi asosida uzum ekish, davlatimiz rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga ko‘ra, 500 ga. maydonga Ozarbayjon tajribasi asosida o‘rmon yong‘og‘i (Funduk) ekish, shuningdek 1 100 ga. maydonga suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish belgilangan.

 

Tumanning Ulug‘bek agrofirmasi hududidagi “Nebo‘sa Turonboy dalalari” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida tashkil etilgan ko‘rgazmali seminarda mazkur ishlarni tashkil qilish, bunda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi to‘g‘risida mutaxassislar tomonidan atriflicha ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida hududdagi fermer xo‘jaliklarining ilg‘or traktorchi, mexanizator va suvchilarning mehnati e’tirof etilib, esdalik va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Tadbir davomida muqaddas Qur’on oyatlaridan hatm qilinib, qishloq xo‘jaligi sohasida oldimizda turgan mavsum ham barakali kelishi, vazifalar uddalanib, xalqimizning dasturxoni to‘kin bo’lishligi so‘ralib, duoga qo‘l ochildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM