Omilkor tadbirkor o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi

O‘zining halal mehnati bilan yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlarning faoliyatini ommalashtirish, aholi orasida tadbikrrlik muhitini shakllantirish va soha yuzasidan huquqiy ongini oshirish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi bulung‘urlik tadbirkor, “Mehnat shuxrati” ordeni sohibasi Mehriniso Umumrzaqova ishtirokida tashkil etildi.

 

Tumandagi Bulung‘ur pedagogika kolleji faollar zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuvga tadbirorlik faoliyatiga qiziquvchi, bu faoliyatni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz va soha mas’ullari ishtirok etishdi.

 

Uchrashuv davomida tadbirkor M.Umurzoqova o‘zining sohadagi ko‘p yillik hayotiy tajribasini yig‘ilganlar bilan bo‘lishdi. Bunda eng avvalo, imkoniyati qadar bo‘lgan loyihalardan ishni boshlash lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

  • Men 70 yoshga yaqinlashdim. Bugungi kunda 4-5 ta kichik bizneslarim “yurib” turibdi. Biroq, shu bilan to‘xtamoqchi emasman. Hali oldinda rejalarim ko‘p. Qilayotgan mehnatlarimning samarasini ko‘rsam, barcha charchoqlarim chiqib ketadi. Istaagiz, uyimga boring. Sizga ham yana o‘rgataman, deydi M.Umurzoqova.

 

Uchrashuv so‘ngida yig‘ilganlar o‘z savollariga javoblar olishib, bugungi faolligi va bergan motivatsiyasi uchun tadbirkorga o‘z minnaddorchiliklarini bildirishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM