Hafta davomidagi dolzarb vazifalar belgilab olindi

Bulung‘ur tumani Nurli yo‘l mahallasida joylashgan 1-sektor shtabida navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Samandar Astonov huzurida o‘tgan muhokamada hokim o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va muassasa rahbarlari, mahalla mas’ullari ishtirok etishdi.

 

Muhokama kun tartibida tumanda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhlarning o‘rganish natijalari, kelgusi vazifalar yuzasidan so‘z yuritildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish choralari ko‘rilishi belgilandi.

 

Muhokama davomida mahallalardagi xotin-qizlar va yoshlar, xususan, migratsiyadagi yoshlar muammolari bilan ishlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi mavjud vaziyat tahlil qilinib, kelgusi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 

Shuningdek, barcha darajadagi murojaatlar va topshiriqlarning ijro holati tahlil qilinib, mas’uliyatni yanada oshirish, ijro intizomiga panja ortidan qaragan mas’ullarga nisbatan qonunchilikka muvofiq ta’sir choralari ko‘rilib borilishi zarurligi ta’kidlandi.   

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM